Murabaha
BRB (Biznesni Rivojlantirish Banki)
Islomiy instrument
murabaha — Murobaha (aktivni sotib olib, ustama bilan bo'lib-bo'lib sotish)
Kimlar uchun
Mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlar
Moliyalashtirish maqsadi
Asosiy vositalar, xomashyo va tovarlar xaridi, shuningdek qurilish uchun investitsion loyihalarni moliyalashtirish
Shartlar
Asosiy vositalar
- Valyuta
- USD
- Summa
- $0 – $1 mln
- Muddat
- 60 oygacha
- Ustama / daromadlilik
- 11,16 % dan 12,0 % gacha (o‘zgaruvchan: ITB ustamasi + O’zR marjasi (0,5%) + BRB marjasi (5%) ) ITB ustamasi o‘zgarib turishi mumkin.
- Boshlang'ich to'lov
- 0%
Talab mavjud emas · 1 mln. AQSh dollarigacha - tadbirkorlik subyektlariga; 3 mln. AQSh dollarigacha - Farmonda (PF-50) nazarda tutilgan “chempion” tadbirkorlarga
Xomashyo va tovarlar
- Valyuta
- USD
- Summa
- $0 – $1 mln
- Muddat
- 36 oygacha
- Ustama / daromadlilik
- 11,16 % dan 12,0 % gacha (o‘zgaruvchan: ITB ustamasi + O’zR marjasi (0,5%) + BRB marjasi (5%) ) ITB ustamasi o‘zgarib turishi mumkin.
- Boshlang'ich to'lov
- 0%
Talab mavjud emas · 1 mln. AQSh dollarigacha - tadbirkorlik subyektlariga; 3 mln. AQSh dollarigacha - Farmonda (PF-50) nazarda tutilgan “chempion” tadbirkorlarga
Ta'minot / garov
Murabaha muddatiga qarab moliyalashtirish summasining kamida 125%-140% miqdorida
Talab qilinadigan hujjatlar
1.Ariza 2.Oldi-sotdi shartnomasi loyihasi hamda ushbu shartnomaning shariat mezonlariga muvofiqligi bo’yicha islom moliyasi bo`yicha maslahatchi/tashkilot xulosasi 3.Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi 4.Murabaha mablag‘lari hisobidan sotib olinishi rejalashtirilgan bino-inshoot kadastr hujjati 5.Agar boshqa bankda hisob raqami mavjud bo’lsa, boshqa banklardagi oxirgi 12 oylik hisobraqam aylanmasi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma va aylanmasining elektron shakli 6.Potensial Subloyiha tashabbuskorining muvofiqligini oʻz-oʻzini baholash shakli
Cheklovlar (kim moliyalashtirilmaydi)
Talablar: 1.“BRB” tizimida mijozning asosiy va/yoki ikkilamchi hisobraqami bo‘lishi lozim 2.Tashkil topganiga kamida 12 oy hamda faoliyati bo’yicha uzluksiz pul tushumlariga ega bo’lishi 3.Qarz oluvchi kredit yuklamasi 50 foizdan ko‘p bo‘lmasligi 4.Ustav fondi ta’sischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi 5.Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi 6.O’z aylanma mablag’lari mavjudligi ko’rsatkichi manfiy bo’lmasligi lozim 7.BRB tizimida 2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi 8.Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi 9.Murabahaga qoʻshimcha taʼminot sifatida korxona taʼsischilarining shaxsiy kafilliklarini taqdim etish 10.Murobaha tamoyili asosida moliyalash shartnomasini taqdim etish
Foiz va penya
Ehson miqdori - Qarz qoldig'i summasining har bir kechikkan kuni uchun 0,1%
Arizani ko'rib chiqish muddati
Ariza bergandan keyin 3 bank ish kuni ichida javob beramiz, lekin Murabaha shartnoma imzolangandan keyin bank mijozni Subagent qilib tayinlaydi va oldi-sotdi shartnoma (Import shartnoma) berishi kerak.
Qanday ishlaydi?
- Mijoz sotib olishni istagan tovar yoki aktivni tanlaydi - Bank ushbu tovarni yetkazib beruvchidan uning joriy bozor narxida sotib oladi. Shundan so’ng bank mijoz bilan murabaha shartnomasini tuzadi - Bank ushbu tovarni mijozga kelishilgan narxda sotadi, bu narx tovarning boshlang’ich narxi va bankning foydasini o’z ichiga oladi. Muhimi, bu narx oldindan ma’lum va mijozga ma’lum - Mijoz bankka kelishilgan summani belgilangan vaqt davomida bo’lib to’laydi